MIB: Qariyb 1 milliard so‘mlik go‘daklar haqi undirildi
Mon, 06/02/2023 - 19:03Aliment to‘lovlarini undirish va oilalarni yarashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi boshlig‘i Nurqo‘zi G‘aniyev axborot berdi.
Qayd etilishicha, aliment va moddiy ta’minot undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha tumanimizda 2 ming 400 nafar shaxslarda qarzdor sanaladi. Ko‘rilgan choralar natijasida bugungi kungacha 960 million so‘mdan ortiq mablag‘ undirilgan.