Pedagoglar salohiyati sinovdan o‘tdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

40-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida “Eng yaxshi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tadbir 2022-2023-o‘quv yilida ta’lim sifatini yanada oshirish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga fanlarni zamonaviy usullarda o‘rgatish uchun o‘ziga xos raqobat muhitini shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi.

Tanlovda maktabning 12 nafar o‘qituvchilari 5 ta shart asosida bellashdilar. Bunda “Ko‘rgazmali tanishtiruv”, “Zamonaviy metodlar taqdimoti” shartlari ishtirokchilarning sohadagi malaka va tajribalarini ochib berdi. “Esse yozish ko‘nikmasi”, “Badiiy, ilmiy-ommabop asarlar va ta’limga oid bilimlar sinovi” hamda “Ifodali ijro” shartlari esa soha xodimlaridan bilim va iqtidor talab etishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Qayd etish joizki, ustozlar tanlov davomida o‘z salohiyatlarini munosib tarzda namoyon etishdi. Jumladan, ularning nutq madaniyati, fikrlash hamda yozma savodxonligi, mavzularni o‘quvchiga yetkazib berish mahorati, xotira mustahkamligi sinovdan o‘tdi.

Tanlov so‘ngida pedagoglar Xonimoy Ummatova, Sayyora Ergasheva hamda Lobar Samandarova yuqori natija qayd etib, g‘olib bo‘lishdi.
Shunday tanlov yuqori sinf o‘qituvchilari o‘rtasida ham o‘tkazilishi belgilandi.

Shohista NAMOZOVA,
40-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi direktori,
tuman kengashi deputati.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM