MIB: Qariyb 1 milliard so‘mlik go‘daklar haqi undirildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Aliment to‘lovlarini undirish va oilalarni yarashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi boshlig‘i Nurqo‘zi G‘aniyev axborot berdi.
Qayd etilishicha, aliment va moddiy ta’minot undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha tumanimizda 2 ming 400 nafar shaxslarda qarzdor sanaladi. Ko‘rilgan choralar natijasida bugungi kungacha 960 million so‘mdan ortiq mablag‘ undirilgan.
Bunda 65 nafar ishsiz aliment to‘lovchilarni ishga joylashtirish orqali muqim to‘lov manbalari yaratilgani e’tiborga molik. Shuningdek, farzandlari oldidagi burchini bajarishdan muntazam ravishda bo‘yin tovlab kelayotgan 6 nafar shaxs ma’muriy, 2 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgani aytildi.
– Faoliyatimiz davomida ajrashgan yoki ajrim yoqasidagi oilalarni tiklashga alohida e’tibor qaratyapmiz, – deydi N.G‘aniyev. – Bu toifadagi ijro ishlari bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘inlari va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Olib borilgan profilaktik suhbatlar natijasida 45 ta oila yarashtirilib, farzandlar ota-ona bag‘rida o‘sishi ta’minlandi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM