“Tashabbusli budjet”: 2-mavsumning 1-bosqichi yakunlandi
Wed, 10/08/2022 - 19:42Joriy yilning 15-iyulidan “Ochiq budjet” axborot portalida 2-mavsum e’lon qilingandi. Tumanimiz aholisi ichimlik suvi ta’minoti, yoritish tizimi bilan bog‘liq kamchiliklar, yaroqsiz holatga kelib qolgan ichki yo‘llar yoki ijtimoiy soha obyektlarini ta’mirlash, jihozlash mavzularida taklif bildirib, jarayonda faol ishtirok etishdi.