Istiqbolli kadrlar zaxirasidan xalqimizning umidi katta

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Joriy yilning 4-avgust kuni Prezidentimiz raahbarligida davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “har bir vazirlik va hokimlik kadrlar tanlashni oliygohlardan boshlashi zarur”, deya ta’kidladi davlatimiz rahbari.

Bu borada tumanimizda o‘ziga xos tajriba mavjudligi e’tiborlidir. Tuman hokimi Qayum Sobirov joriy yilning mart-aprel oylarida viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan jomboylik talabalar uchrashib, ularni kelgusida tumanda faoliyat yuritishga taklif etgani fikrimizni tasdiqlaydi.
Tuman hokimligida o‘tkazilgan bugungi davra suhbati ham Prezidentimiz topshiriqlari ijrosiga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Unda oliy ta’lim muassasalaridan viloyat hokimligi istiqbolli kadrlar zaxirasiga saralab olingan jomboylik yoshlar qatnashdi.
Loyiha doirasida tumandagi korxona va tashkilotlarning faoliyati tanishtirildi, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM