Янгиликлар
Yurtimiz sharafini ko‘targan chempion munosib kutib olindi
Tue, 15/11/2022 - 16:00Iordaniyada o‘tgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 6 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, birinchilikni egallashdi. G‘oliblar orasida tumanimiz vakili Navbahor Hamidovaning ham borligi har birimiz uchun faxr-iftixordir.
Salomatligimiz posbonlari mehnati e’tirof etildi
Tue, 15/11/2022 - 09:13Tumanimizda tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirda sohada uzoq yillar samarali mehnat qilgan shifokorlar, hamshira va kichik tibbiyot xodimlari qatnashdi. Tuman hokimi Qayum Sobirov so‘zga chiqib, tibbiyot birlashmasi hamda sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi markazi xodimlarining zahmatli mehnatlarini e’tirof etdi.
Nomsiz ko‘chalarga yangi nom beriladi
Fri, 11/11/2022 - 14:57Xalq deputatlari tuman kengashining oltmish to‘qqizinchi sessiyasi o‘tkazildi.
Jomboylik hokim yordamchisi – tanlov g‘olibi
Mon, 07/11/2022 - 19:35Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan “Ayollar daftari” tizimi bo‘yicha olib borilayotgan ishlarda barchaga o‘rnak bo‘layotgan, ayollarning muammo va murojaatlari hal etilishiga salmoqli hissa qo‘shayotgan xodimlarni munosib rag‘batlantirish bo‘yicha tanlov tashkil etilgandi. Viloyat kengashida respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan viloyatimiz vakillarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.