Nomsiz ko‘chalarga yangi nom beriladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining oltmish toqqizinchi sessiyasi o‘tkazildi. Kun tartibiga ko‘ra, Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan tuman hokimi – 1-sektor rahbari Qayum Sobirov hamda tuman prokurori – 2-sektor rahbari Jamshid Ahmedov axborot berdi.

Qayd etilishicha, 1-sektor hududida 51 ming 151 nafar aholi istiqomat qiladi. Jumladan, 35 ta oila ehtiyojmand qatlam sifatida “Temir daftar”ga kiritilgan. Ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish maqsadida amaliy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Shuningdek, 876 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga, 679 nafar yigit-qizlar Yoshlar daftari”ga kiritilgan.

– Sektor rahbari sifatifa har bir yurtdoshimiz muammosini o‘rganish, aniqlash va bartaraf etishni eng birlamchi vazifam deb bilaman, – dedi hokim. – Buning uchun deputatlar, soha mutasaddilari, faollar va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda ish olib boryapmiz. Bu boradagi ishlarimiz tizimli davom etadi.

Shuningdek, sessiyada fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sud tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. “2021-yilda yangi ish o‘rinlarni tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident qarori yuzasidan aksiyadorlik-tijorat “Agrobank” tuman filiali boshqaruvchisi S.Mirzaxo‘jayev hisobot berdi.

Sarichashma mahalla fuqarolar yig‘inidagi nomsiz ko‘chalarga nom berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Tuman kengashi kotibiyati.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM