Ayg‘irbuloq qayta ko‘z ochadi
Fri, 04/08/2023 - 11:25Tumanimiz tabiat nodirliklariga boy hudud sanaladi. Ayniqsa, shifobahsh buloqlar bu zaminda ko‘p. Shunday so‘lim maskanlardan biri Qo‘rg‘onsolomon mahallasida joylashgan. Bir-biriga qarama-qarshi joylashgan Ayg‘irtepa va Ayg‘irbuloq haqida turli rivoyatlar mavjud. Bu yer o‘tgan asrning 80-yillarida xalq sayllari o‘tkaziladigan bahavo maskan bo‘lgan. Keyingi yillarda ushbu tabiiy suv manbayi e’tibordan chetda qolmoqda.