G‘alla yetishtiruvchi xo‘jaliklar diqqatiga!

Ixtisoslashtirilgan “Xo‘jam Nizamatov”, “Usmon Nosir”, “Jomboy” hududlarida uzoq muddatli urug‘lik don yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun tanlov o‘tkaziladi!

Tanlov komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

– Fermer xo‘jaligi rahbari nomidan ariza; 
– Fermer xo‘jaligi rahbari nomidan tilxat;
– Qishloq xo‘jaligi bo‘limining ma’lumotnomasi;
– Fermer xo‘jaligi, uning rahbari va ishchi xodimlari to‘g‘risida ma’lumotnoma;
– Irrigatsiya bo‘limi ma’lumotnomasi;
– O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi ma’lumotnomasi;
– Fermer xo‘jaligi rahbarining mutaxassisligi va ma’lumoti to‘g‘risida hujjat (dimlom nusxasi);
– Fermer xo‘jaligi rahbarining qishloq xo‘jaligi sohasidagi ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat daftarchasi va boshqa);
– Fermer xo‘jaligida ishlayotgan urug‘chi-hosilotning ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (diplom nusxasi va mehnat daftarchasi);
– Majburiyatdan ozod pul mablag‘i to‘g‘risida tegishli bank ma’lumotnomasi;
– Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyaning tuman bo‘limi ma’lumotnomasi hamda texnik pasport nusxasi.
– So‘ngi 3 yil ichidagi g‘alla hosildorligi bo‘yicha kontraktatsiya shartnomasining bajarilishi bo‘yicha don korxonalari yoki g‘allachilik klasterlari ma’lumotnomasi.

Tanlov joriy yilning 15-iyulidan 5-avgustigacha tender shaklida bo‘lib o‘tadi.

Hujjatlar qishloq xo‘jaligi bo‘limiga 2 (ikki) nusxada taqdim etilishi lozim. 

Qo‘shimcha ma’lumot uchun manzil: “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi viloyat boshqarmasi.

Murojaat uchun telefon: +998 (94) 330 01-07; +998 (90) 601 01-55; +998 (66) 234 07-66; +998 (93) 227 41-42 (tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi).

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM