Ayollar bandligini ta’minlash bo‘yicha Holvoyi tajribasi taqdimot qilindi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Holvoyi mahallasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdimot qilindi. Seminarda 1-sektor mahallalarida faoliyat yuritaotgan xotin-qizlar faollari ishtirok etdi.

Tuman hokimi o‘rinbosari Hilola Rahimova hamda “Oqila ayollar” harakati yetakchisi Hafiza O‘sarova so‘zga chiqib, seminarning maqsadi, ahamiyati haqida so‘z yuritishdi. Mahalla xotin-qizlar faoli Aziza Hazratqulovaning ish tartibi, hujjatlari ko‘zdan kechirildi. 

Ishtirokchilar mahallada tashkil qilingan ayollar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazi faoliyati bilan tanishishdi. Shuningdek, issiqxona tartibida qulupnay yetishtirayotgan Sharofat Bobonazarova xonadonida bo‘lib, uning tajribasi o‘rganildi. 

– Issiqxonamiz 3 sotix maydonni egallagan, – deydi S.Bobonazarova. – Avval limon yetishtirardik. – O‘tgan yil kuz oylarida 2 ming tup qulupnay ko‘chatini ekdik. Hozirda kilosini o‘rtacha 200 ming so‘mdan ichki bozorga chiqaryapmiz.
Tadbirda Holvoyi mahallasining ijobiy tajribasi boshqa hududlarda ham ommalashtirilishiga kelishildi.


2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM