92-sessiya: Soliq va budjet daromadlari muhokama etildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining 92-sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori ijrosi yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari Hilola Rahimova axborot berdi.

Qayd etilishicha, “Ayollar daftari”ning 4-bosqichiga tumanimizdan 5278 nafar xotin-qizlar kiritilgan. Shundan 2057 nafarining bandligi ta’minlangan, 261 nafariga 2 milliard 549 million so‘mlik imtiyozli kredit ajratilgan. Shuningdek, 1600 nafar boquvchisini yo‘qotgan ayollarga 1 milliard 354 million so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatilgan. Uy-joy ta’miriga muhtoj 62 nafar xotin-qizlarga 158 million 720 ming so‘m mablag‘ berilgan.

Sessiyada mahalliy budjet daromadlarining bajarilishi, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash borasidagi ishlar sarhisob qilindi. Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Baxtiyor Baratov taqdim etgan hisobotga ko‘ra, 2023 yil 3-chorakda budjetga 20 milliard so‘m soliq undirilib, belgilangan prognoz ko‘rsatkichi 101 foizga uddalangan. Shuningdek, mahalliy budjetga 21,6 milliard so‘m tushum ta’minlangan.

Kun tartibidagi jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar ham tahlil qilindi.
Qish-bahor mavsumida aholi va ijtimoiy soha muassasalarining asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va narxlar barqarorligini saqlash yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar ochiqlandi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM