Bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun onlayn ariza berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqa tayinlash bo‘yicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2024-yil apreldan:

– fuqarolar ortiqcha ovoragarchiliksiz onlayn shaklda bolalar nafaqasi va moddiy yordamga ariza topshirishlari mumkin. Bunda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali arizalarni yuborish imkoniyati yaratiladi;

– “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlariga fuqarolarning bevosita roziligi bilan “Yagona reyestr” orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron shaklda ariza yuborish huquqi beriladi;

Shuningdek, 2023-yil dekabrdan bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlangandan so‘ng “Yagona reyestr” yordamida har oyda oilaning iqtisodiy holati avtomatik ravishda monitoring qilinadi hamda oilaning iqtisodiy holati yaxshilangan (ikkinchi ko‘chmas mulk yoki noturar joy, yangi avtotransport xarid qilgan yoki yuqori ish haqi olishni boshlagan) bo‘lsa, nafaqa to‘lovi to‘xtatiladi.

Pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM