91-sessiya: Faoliyati qoniqarsiz fermerlar bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinadi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining to‘qson birinchi sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda hokimlik huzuridagi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) komissiyasining qoniqarsiz faoliyat yuritayotgan ayrim fermer xo‘jaliklariga nisbatan xulosasi ko‘rib chiqildi.

Tuman hokimi o‘rinbosari Akbar Ikromov so‘zga chiqib, mavzu yuzasidan axborot berdi.

Ta’kidlanishicha, tumandagi bir qator xo‘jaliklarda o‘tkazilgan monitoring davomida yer qonunchiligiga oid qator me’yorlar qo‘pol ravishda buzilgani aniqlangan. Jumladan, ishning o‘z holiga tashlab qo‘yilishi natijasida unumdorlikning keskin pasayishi, shartnomaviy rejalarning yillar davomida bajarilmasligi, soliq majburiyatlarining paysalga solinishi, ekin maydonlaridan xo‘jasizlarcha foydalanish, noqonuniy qurilishlar qilish kabi noxush holatlar qayd etilgan. Shundan kelib chiqib, 1390 gektar bo‘lgan 50 ta fermer xo‘jaliklari bilan tuzilgan ijara shartnomalari bekor qilinishi tasdiqlandi.

Shuningdek, sessiya davomida “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi muhokama etildi. Mahallarda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aniq vaziyat tahlil qilindi.

 “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni yuzasidan ijro intizomi nazorati bo‘yicha bosh mutaxassis Bekzod Qosimov hisobot berdi.

Unda aytilishicha, ishchi guruh tomonidan tashkilot va korxonalarda ijro intizomi, ish yuritish va hujjatlar bilan ishlash tizimi o‘rganilgan. “Jomboytumangaz”, “Suvta’minot”, irrigatsiya bo‘limi, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi kabi bir qator tashkilotlarda ijro intizomiga oid jiddiy kamchiliklar aniqlangan. Ishga mas’uliyatsiz yondoshgan rahbarlarga qonuniy ta’sir chorasi qo‘llanishi belgilandi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Mamatov Bekzod Nurbekovich qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM