Jomboyda ilm-fan bog‘i yaratiladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tumanimizda joylashgan agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutida 1 gektar yerga 2500 tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Mazkur bog‘ ilm-fanga asoslangan bo‘lib, aholi o‘rtasida ekologik savodxonlikni shakllantirish, tabiatga daxldorlik tuyg‘usini uyg‘otishga qaratilgan.

– Bugun nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda ekologik muammolar kuchaymoqda. Havoning ifloslanishi, suvning kamayishi, oziq-ovqat tanqisligi, yer va tuproq unumdorligining pasayishi kuzatilmoqda, – deydi O‘zbekiston fan arbobi Rustam Xolmurodov. – Bu kabi muammolar yashash imkoniyatimizni qiyinlashtirib, hayot sifatini pasaytiradi. Bularga barham berish maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasi ishlab chiqildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, qadimdan ajdodlarimiz ona tabiat bilan hamohang bo‘lib yashaganlar. Afsuski, bugungi kunda tabiatga nisbatan iste’molchilik kayfiyati kuchayib bormoqda. Iqlim o‘zgarishi tufayli yuzaga kelayotgan turli muammolardan butun insoniyat qattiq aziyat chekmoqda. Bunday holat barchamizdan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi. Joylarda barpo etiladigan bog‘lar havoning tozalashi bilan birga hududdagi oziq-ovqat xavfsizligi masalalarini ham hal etishga yordam beradi. Har bir inson bitta daraxt ko‘kartirsa yoki ekologik madaniyatga rioya qilsa, maqsadga erishgan bo‘lamiz.

 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM