Odil sudlov xalq ishonchini mustahkamlaydi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish va jamiyatda adolatni qaror toptirish maqsadida keyingi yillarda sud-huquq sohasini tubdan isloh etishga doir keng ko‘lamli tashkiliy-huquqiy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish natijalariga ko‘ra sud ishlarini yuritish jarayoniga yangi institutlar joriy etildi, fuqarolarning huquqlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash maqsadida yarashuv, dastlabki eshituv, mediatsiya, shuningdek sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish kabi institutlar takomillashtirilmoqda. Shu bilan birga sudlarda ishning hajmi keskin ortganligi ishlarni qonunda belgilangan muddatda ko‘rib chiqish imkoniyatining yo‘qolishiga olib kelib, bu fuqarolarning o‘rinli e’tirozlari ko‘payishiga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari uzil-kesil qaror qabul qilishda sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini uch bosqichli tizim vositasida tekshirish imkoniyatlari cheklanganligi sababi mazkur tizimni o‘rta bo‘g‘inning — viloyat sudlarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali takomillashtirish zarurligidan dalolat bermoqda.

 Mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (https://old.lex.uz/docs/111460) qonuniy kuchga kirmagan sud qarorlarini shikoyat (protest) asosida apellyatsiya tartibida, qonuniy kuchga kirgan sud qarorlarini kassatsiya tartibida, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan sud qarorlarini taftish tartibida qayta ko‘rishga, shuningdek qonuniy kuchga kirgan sud qarorlarini kassatsiya tartibida ko‘rish bo‘yicha vakolatlarni viloyat sudlariga va ularga tenglashtirilgan sudlarga o‘tkazishga hamda yuqori sudlar tomonidan sud qarorlarini bekor qilib, ishni yangidan ko‘rish uchun quyi instansiya sudlariga yuborish amaliyotini tugatishga doir protsessual normalarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Ushbu Qonun sudyalarning mas’uliyatini oshirishga, ishlarning sifatli va o‘z vaqtida ko‘rilishiga, sud qarorlarini qayta ko‘rishda viloyat sudlarining hamda ularga tenglashtirilgan sudlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, fuqarolarning shikoyat qilish huquqidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga va noroziliklarning oldini olishga, shuningdek ortiqcha sarsongarchiliklarga yo‘l qo‘ymaslikka xizmat qiladi.

Mazkur Qonun bilan sudlarda yangi institut Taftish tartibida qayta ko‘rish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarining, hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek ushbu sudlarning tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha apellyatsiya va kassatsiya instansiyasida chiqarilgan hukmlari, ajrimlari ko‘rib chiqiladi.

Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida ko‘rib chiqiladi:

Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarining, hududiy harbiy sudlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida ko‘rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek ushbu sudlar tomonidan tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida chiqarilgan hukmlari va ajrimlari;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining birinchi instansiya bo‘yicha chiqarilgan va ayni shu sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek ushbu sudlar tomonidan birinchi instansiya tariqasida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida chiqarilgan hukmlari va ajrimlari.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida chiqarilgan hukmlar, ajrimlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida takroran ko‘rib chiqilishi mumkin.

Hukm va ajrim ustidan taftish tartibida shikoyat berish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar “Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, jabrlanuvchi, uning vakili birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish tartibida ko‘rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlarining hukmlari, ajrimlari ustidan, Fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish tartibida ko‘rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlari hukmlarining, ajrimlarining fuqaroviy da’voga daxldor qismi ustidan taftish tartibida, Ishda taraf bo‘lmagan shaxslar ham birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish tartibida ko‘rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlari hukmlarining, ajrimlarining o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qismi ustidan taftish tartibida shikoyat berishga haqlidir

Abdusattor ABDURAZZOQOV,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jomboy tuman sudi raisi.

Navbahor TURSUNOVA,

Jomboy tumanlararo iqtisodiy sudi raisi.

 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM