Jomboy tumanida “Xavfsiz tun” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Navbatdagi tadbirda Samarqand viloyati prokurori Murodqosim Eshnazarov hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Rahmatjon Mamatov ishtirok etishdi. Hududda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, aholi tinchligi va farovonligini ta’minlash borasida bir qator ko‘rsatmalar berdilar.
Tadbirga jalb qilingan xodimlarga xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazilib, kuchaytirilgan tartibda hududlarga safarbar etildi.