90 yoshli mehnat faxriysiga munosib e’zoz ko‘rsatiladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

To‘qqizboy mahallasida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabulda tuman hokimi jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, yoshlar murojaatlarini tingladi.

Uchrashuvda 20 nafar fuqarolar ishtirok etgan bo‘lsa, aksariyat muammolar joyida yechim topdi. Jumladan, N.Nishonovaning gaz ballon ajratishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati ijobiy hal etildi.

Qabul davomida ushbu qishloqda yashovchi, ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasida ishlab kelayotgan Orif Qurbonov bilan telefon orqali muloqot o‘rnatildi. Tuman hokimi unga yurtimizga qaytish va o‘z kasbi bo‘yicha tumanimizdagi qurilish firmalaridan birida ishlash taklifini berdi.

Bundan tashqari, Z.Ergasheva keksa ota-onasi bilan birgalikda ta’mirtalab uyda yashab kelayotgani, uy-joy qurish uchun imkoni yetmayotganini bildirdi. Masala mutasaddilar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganildi.

Sektor rahbari uzoq yillar tibbiyot sohasida mehnat qilgan 90 yoshli Musulmon ota Ergashev hamda u kishining turmush o‘rtog‘i To‘lg‘on momo Ergasheva bilan suhbatda bo‘ldi. Ularga uy-joy qurish uchun moddiy yordam, qurilish materiallari ajratililishi belgilandi. Nuroniylar salomatligi tibbiyot birlashmasining malakali shifokorlari nazoratiga olindi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM