Tuhmat ofatidan omon chiqqanlar

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalqimiz bugungi erkin va ozod zamonga yetishi oson kechmagan. Sobiq tuzum davrida millatning eng sara ziyolilari, fidoyi farzandlari turli bo‘hton, tuhmat, soxta ayblovlar bilan qatag‘on qilinganiga tarix guvoh. Ayniqsa, “Paxta ishi” nomini olgan mash’um voqealar sabab qishloq xo‘jaligi tizimida mehnat qilayotgan yuzlab bobolarimiz boshiga kulfatlar yog‘ildi. Ushbu qatag‘on tumanimizdan yetishib chiqqan zabardast dehqonlarni ham chetlab o‘tmadi. Qamaldilar, olis o‘lkalarga surgun qilindilar. Keyinchalik sha’ni oqlangan bu insonlarning ayrimlari bugungi kunda ham hayot. Ularga har qancha hurmat va e’zoz ko‘rsatsak oz.

O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi tashabbusi bilan tumanimizda “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi. Unda jamg‘armaning respublika boshqaruvi raisi, O‘zbekiston Qahramoni Sodiqjon Turdiyev, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Barot Nodirov, “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni sohibi Ali Mardiyev, tuman jamoatchiligi, faollar va yoshlar ishtirok etdi.

Bugungi kunda nafaqada bo‘lgan, yoshlarga ustozlik qilib kelayotgan B.Nodirov hamda A.Mardiyev o‘z davrida qatag‘onga uchragan, nohaq zulm ko‘rgan insonlar sanaladi. Uchrashuvda mustahkam irodasi, saboti bilan el-yurt hurmatini qozongan ushbu insonlar yoshlarga o‘tmish xotiralaridan so‘zlab berishdi. Tinchlik, mustaqillik, ozodlik ulug‘ ne’mat ekani, bu kunlarga yetmagan ajdodlarimiz xotirasi uchun ham Vatanga fidoyilik bilan xizmat qilish burchligini aytishdi.

Tadbirda ishtirok etgan yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Vatanparvarlik, olijanoblik madhiga bag‘ishlangan she’r va qo‘shiqlar bilan tadbir yanada fayzli o‘tdi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM