Dehqonobodda tibbiy ko‘rik

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Viloyatimizda 22-avgustdan 22-sentabrga qadar “Ayollar salomatlik oyligi” o‘tkazilmoqda. Aholi orasida xastaliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, onalik va bolalikni tibbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadidagi tadbir tumanimizda ham yuqori saviyada tashkil etildi.
Dehqonobod oilaviy poliklinikasida viloyatimizning 20 nafardan ortiq yuqori malakali shifokorlari, tor doira mutaxassislari jam bo‘lishdi. Hududda istiqomat qiluvchi 18-30 yoshli xotin-qizlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Loyihada tibbiyot xodimlari, jamoatchilik vakillari, tashabbuskor yoshlar faol ishtirok etganini qayd etish joiz. Respublika hamda viloyatimizning nufuzli tibbiyot muassasalaridan taklif etilgan tbbiyot xodimlari aholiga yuqumli va yuqumsiz xastaliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzi, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish yuzasidan tavsiya va maslahatlar berishdi. Aniqlangan kasalliklar bo‘yicha bemorlar alohida nazoratga olinib, davolanishi uchun yo‘llanmalar berildi.
Maxsus fitobar tashkil etilib, sog‘lom ovqatlanish mavzusida taqdimot o‘tkazildi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM