Sessiya: Tumanimizda tutzorlar barpo etiladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining sakson to‘rtinchi sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlashga doir qonunosti hujjatlari ijrosi muhokama etildi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan zaxiradagi yer maydonlaridan samarali foydalanish to‘g‘risida tuman hokimi o‘rinbosari Akbar Ikromov axborot berdi.

Qayd etilishicha, tumanimizda g‘alla va paxtadan qisqartirilgan 631 gektar yer maydonlari dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun ajratilgan. Bunda “e-auksion” elektron savdo tizimi orqali 2437 ta lot shakllantirilib, ochiq tanlovga qo‘yilgan. 2022-2023-yillar kuz va bahor mavsumida o‘tkazilgan auksion yakuniga ko‘ra, 2437 nafar fuqarolar g‘olib deb topilgan.

– Ular “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yurtdoshlarimiz bo‘lib, ochiq tanlovda faol ishtirok etishlari uchun hokim yordamchilari tomonidan ko‘maklashildi, – deydi A.Ikromov. – Dehqon xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlarda dukkakli va moyli ekinlar, sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtiriladi. Jarayonda “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyiliga amal qilinadi.

Shuningdek, tut plantatsiyalari tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ochiqlandi.Ta’kidlanishicha, “Oq oltin” massividan 8,1 gektar, “Eski Jomboy” massividan 18,4 gektar, “Mamatqul Bozorov” massividan 484,37 gektar hududda tutzorlar barpo etiladi.

Sessiya kun tartibiga ko‘ra, tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 1-yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar tahlili deputatlar muhokamasiga qo‘yildi. 

Birlashma rahbari T.Xoliqovaning axborotiga ko‘ra, so‘nggi 6 oyda markaziy shifoxonada 11 ming 911 nafar bemor davolanib chiqqan. Oilaviy poliklinika hamda shifokorlik punktlarida tashkil etilgan kunduzgi statsionarlarda esa 1248 nafar bemorga xizmat ko‘rsatilgan. Vrachlarga bo‘lgan ambulator qatnovlar soni 454 ming 703 tani tashkil etadi, aholi jon boshiga 4 martadan to‘g‘ri keladi. 

“Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosiga oid masala navbatdagi sessiyaga qoldirildi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM