Jomboy tuman hokimligi axborot xizmati tomonidan taklif etilgan norma konstitutsiyaga kiritilishi mumkin

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Bosh qomusimizga OAV  vakillari va ularning faoliyati erkinligini kafolatlash borasida o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi kutilyapti. Konstitutsiyaviy komissiya matbuot kotibi Odiljon Tojiyevning ma’lum qilishicha, 67-modda quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

“Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, axborotdan foydalanish va uni tarqatishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi.

Ommaviy axborot vositalarining va jurnalistlarning faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Ommaviy axborot vositalari o‘zlari taqdim etadigan axborotning to‘g‘riligi uchun javobgardir”.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18-iyun kuni tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy saytida “Oila va OAVga qarshi tahdid jinoyat sifatida baholanishi kerak” sarlavhali maqola chop etilgandi. Unda Konstitutsiyamizning 4-, 63-, 67-moddalariga takliflar ilgari surilgandi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM