Xizmatlar sohasidagi ko‘rsatkichlar qoniqarlimi?

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining oltmish beshinchi sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni ijrosi yuzasidan 2-sektor rahbari J.Ahmedov axborot berdi.

Shuningdek, sektorlar faoliyati sarhisobi mavzuida xalq qabulxonasi mudiri I.Oltiboyev, “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarga yo‘naltirish mavzuida moliya bo‘limi mudiri G‘.Burhonоv axborot berdi.

Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturining sentabr oyida bajarilishi deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama etildi.

Qayd etilishicha, joriy yil tumanimizda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha 150 foiz o‘sishga erishish belgilangan. Bunda 478 ta yirik va kichik loyihalar ro‘yobga chiqishi orqali 11 ming 402 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Sentabr oyi holatiga sohaga oid 257 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilgan. Natijada 10 ming 969 ta doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari yaratilgan.

– “Ko‘chma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish hamda savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori ijrosi ham tizimli tashkil etilmoqda, – deydi tuman hokimligi bosh mutaxassisi Dilshod Samadov. – Mahallalarda chakana savdo va xizmatlar sohasiga tadbirkorlarni jalb qilish, sohaga axborot texnologiyalarini joriy etish orqali aholiga zarur tovarlarni xarid qilishda qulayliklar yaratish maqsad qilingan. Bugungi kungacha 275 ta yer uchastkalari auksionga qo‘yildi, 132 tasi tadbirkorlar tomonidan sotib olindi.

Bundan tashqari, sessiyada yoshlarga oid davlat siyosati, sobiq Sherqo‘rg‘on qishloq fuqarolar yig‘ini binosini Qo‘lbosti mahalla fuqarolar yig‘ini balansiga o‘tkazish masalalari muhokama etildi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM