Maktabgacha ta’lim tizimi faoliyati tanqidiy tahlil qilindi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tuman hokimligida maktabgacha ta’lim sohasidagi qonunbuzilish holatlari, korrupsuya va iqtisodiy jinoyatlarga chek qo‘yish, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish mavzuida tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda viloyat hokimligi, maktabgacha ta’lim boshqarmasi mutasaddilari, tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va uy-bog‘cha rahbarlari qatnashdi.

Tuman hokimi Qayum Sobirov hamda viloyat hokimligi ijro-nazorati bo‘limi boshlig‘i Z.Rahimov ishtirokida aniqlangan kamchiliklar ochiq-oshkora muhokama qilindi. Mas’ullarning xatti-harakati va harakatsizligiga qonunchilikda belgilangan ta’sir choralari ko‘rilishi bildirildi.

– Bolaning begonasi bo‘lmaydi, muassasalarda tarbiyalanayotgan har bir go‘dak qay birimizning farzandimiz, nabiramiz, – dedi Qayum Sobirov. – Ularning haqiga hiyonat – o‘z kelajagimizga hiyonat, deganidir. Agar bugun tizimni halol, pokiza qilib tartibga olmasak, Yaratgan ham bizni kechirmaydi.

Yig‘ilishda tizim xodimlari, tarbiyachilar, oshpaz va tibbiyot xodimlarining mas’uliyatsizligi, mutasaddi rahbarlarning o‘zibo‘larchilik kayfiyati keskin tanqid qilindi.

Bu boradagi vaziyatni to‘g‘rilash, qonunbuzilish holatlarini o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan choralar belgilandi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM