“Tashabbusli budjet”ning yangi mavsumi boshlanmoqda

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Moliya vazirligi joriy yilning 15-iyulidan “Ochiq budjet” axborot portalida yangi mavsumni e’lon qildi. Openbudget.uz sayti orqari ro‘yxatdan o‘tgan yoki avvalgi login-paroli bilan dasturga kirgan holda tashabbus ilgari surishingiz mumkin.

Masalan, hududdagi ichimlik suvi ta’minoti, yoritish tizimi bilan bog‘liq kamchiliklar, yaroqsiz holga kelib qolgan ichki yo‘l yoki ijtimoiy soha obyektlarini ta’mirlash, jihozlash hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha taklif kiritish imkoni bor.

Ta’kidlash lozimki, takliflarning umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 4 ming barobari (1 milliard 200 million so‘m)dan oshmasligi zarur.

Partal 3 bosqichda amalga ishlaydi:

1-bosqich. Fuqarolar tomonidan “Ochiq budjet” axborot portaliga loyiha takliflari joylashtiriladi. Bu jarayon 15-iyuldan 3-avgustgacha, ya’ni 20 kun davom etadi.

2-bosqich. Ishchi guruh tomonidan takliflar amaldagi me’zon asosida 20 kun ichida ya’ni 4-avgustdan 23-avgustgacha saralanadi.

3-bosqich. Tanlab olingan takliflar “Ochiq budjet” axborot portaliga ovoz berish uchun joylashtiriladi va ovoz berish jarayoni 24-avgustdan 12-sentyabrgacha 20 kun davom etadi.

Ushbu mavsumda “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasiga 4 milliard 303 million 428 ming so‘m mablag‘ jamg‘arildi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun tel: +998 (66) 475 16-16

Muhammadjon SULAYMONOV,

moliya bo‘limi bosh iqtisodchisi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM