Tumanimizda “favqulodda vaziyat” e’lon qilindi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tumanimizda qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashg‘ulotlari boshlandi. Qayd etish joizki, ushbu tadbir vafqulodda vaziyatlarda aholi jabrlanishining oldini olish maqsadida har uch yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Bunda boshqaruv organlari, maxsus texnika, kuch va vositalarning turli vaziyatlarga shayligi nazoratdan o‘tkaziladi.

Tadbir erta tongda “Chaqiruv” signali bilan boshlandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili, polkovnik Oʻtkir Yoqubov, viloyat boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, mayor Umid Ahrorov, tuman hokimi – fuqaro muhofazasi boshlig‘i Qayum Sobirov ishtirokida nazariy seminar oʻtkaziladi. Unda har bir yo‘nalish mutasaddilarining asosiy vazifalari, vakolatlari yana bir bor eslatib o‘tildi. Soha rahbarlari shaylik holati yuzasidan axborot berishdi.

O‘rtabo‘z qo‘rg‘onida joylashgan bosh maydonda mexanizatsiyalashgan yig‘ma otryadning saf ko‘rigi bilan tadbir davom etdi. Ichki ishlar, milliy gvardiya, sog‘liqni saqlash, kommunal xizmat ko‘rsatish tarmoqlari, shuningdek og‘ir texnika va maxsus vositalar bilan qurollangan mutaxassislar shaylik holatini amaliy taqdimot shaklida namoyish etishdi.

Saf ko‘rigidan so‘ng yig‘ma otryad hududlarga chiqdi. Oʻquv mashqi joylarda 3 kun davom etadi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM