MIB sabab tiklanayotgan oilalar soni oshyapti

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Oila mustahkamligi jamiyat normal rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. Ajrimlarning salbiy oqibatlari esa jamiyatdagi ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy muvozanatning buzilishida korinadi. Xalqimiz oila muqaddasligini qadriyat darajasiga ko‘targani bejiz emas.

Majburiy ijro byurosi faoliyatida ushbu jihatlar ham inobatga olinmoqda. Yaqinda byuroning tuman bo‘limi tomonidan bir oila yarashtirilib, voyaga yetmagan bolalar tirik yetim bo‘lishining oldi olingani bunga misol.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sud buyrug‘iga ko‘ra, fuqaro I.F.dan turmush o‘rtog‘i X.D. foydasiga voyaga yetmagan ikki farzandi ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan edi. Yosh oilaga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazilishi natijasida ular yarashishga qaror qildi. Bu kabi misollar faoliyatimizda ko‘plab topiladi. Asosiysi, jamiyatimiz muvozanatiga g‘ov bo‘lishi mumkin bo‘lgan ajrimlar soni kamaymoqda.

Shahboz ABDURAHMONOV,

davlat ijrochisi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM