Jomboylik mehnat faxriysi: qoraqalpoqlar o‘zimizga o‘xshaydi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

O‘zbek va qoraqalpoq xalqlari asrlar mobaynida bir-biriga do‘st, hamjihat yashab kelgan. Qardoshlarimizning samimiy, donishmand millat ekaniga hayotim davomida shaxsan guvoh bo‘lganman.

Joriy yil aprel oyida bir guruh samarqandliklar Nukus tumaniga safar qilgandik. Ramazon hayiti arafasida mehmondo‘st va tanti qoraqalpoq eli bizni hurmat bilan kutib oldi. Jamoatchilik vakillari ishtirokida mahalla markazlari, sektorlar va ijtimoiy soha obyektlari faoliyati bilan tanishdik.

E’tiborimni tortgan birinchi jihat urf-odatlarimiz, odamlarimiz fe’l-atvoridagi o‘xshashlik bo‘ldi. Darhaqiqat, qoraqalpoqlar ham o‘zbek xalqi kabi oqibatli, saxovatpesha, og‘irkarvon, mulohazali millat ekan.

So‘nggi kunlarda Nukus shahrida yuz bergan voqealar butun O‘zbekiston xalqi qatori jomboyliklarni ham qayg‘uga soldi. Ko‘p asrlik tarixga ega qardosh munosabatlarimizga rahna solmoqchi bo‘lgan ig‘vogar kimsalar qilmishi deb yurtdoshlarimiz jabr chekkanidan o‘kindik. Ammo bir narsa aniq – ikki jondosh xalqlarimiz orasini buzmoqchi bo‘lganlar adashdi. Donishmand qoraqalpoq xalqi bu sinovlarni bosiqlik bilan yengib o‘tishiga ishonamiz.

Hafiza O‘SAROVA,

“Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘limi raisi, mehnat faxriysi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM