Ular sabab tinch-osoyishtamiz

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 30 yilligi va soha xodimlari kuni munosabati bilan tumanimizda tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimi Q.Sobirov so‘zga chiqib, aholi tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida fidokorona xizmat qilib kelayotgan soha vakillarini kasb bayrami bilan tabrikladi.

– Sizning fidokorona mehnatingiz bilan yurtimiz tinch, xalqimiz osoyishta hayot kechirmoqda, – dedi hokim. – So‘nggi yillarda ichki ishlar tizimi tubdan isloh bo‘ldi. Zamonaviy yondashuv sabab aholi orasida hurmat va ishonchga sazovor kasbga aylandi. Bunda albatta, fidoyiligingiz katta ahamiyatga ega.

Darhaqiqat, ichki ishlar xodimlarining sa’y-harakatlari sabab jinoyat va huquqbuzarliklar jilovlandi. Tumanimizdagi 8 ta mahallada noxush holatlar kamaygani, 3 ta mahallada umuman kuzatilmagani fikrimiz tasdig‘idir.

Tadbir davomida bir guruh xodimlar samarali mehnati uchun tuman hokimligi, prokuratura va davlat soliq inspeksiyasining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tuman madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM