Gulnoza va Sadoqat endi tadbirkor

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi tamonidan yoshlar va xotin-qizlar biznes yuritish asoslari yo‘nalishida o‘qitilmoqda. Maxsus sertifikatga ega bo‘lgach, ularga “Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida kredit ajratiladi.

O‘quv-kursini muvaffaqiyatli tamomlagan Gulnoza Qodirova olgan bilim va ko‘nikmalariga tayangan holda oilaviy korxona tashkil etdi. Aksiyadorlik-tijorat “Mikrokreditbank” tuman filialidan unga 22 million so‘m imtiyozli kredit ajratildi. Gulnoza non ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yib, qo‘shimcha ish o‘rni ham yaratgan.

Shunday yoshlardan yana biri Sadoqat Sharipovadir. U aksiyadorlik-tijorat “Agrobank”dan 30 million so‘m kredit olib, hunarmanchilik yo‘nalishida tadbirkorlik boshladi. Hozirgi kunda 5 kishini ish bilan ta’minlagan.

Sherbek SAIDOV,
tuman tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi rahbari.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM