Murodov uysiz emas

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

"Jomboy TV uz" kanali videoblogerlari tomonidan "Uch yildan beri ko‘chada yashayman, yordam bering" sarlavhali material e'lon qilindi. Unda fuqaro Baxtiyor Murodov uzoq yillardan beri doimiy yashash joyiga ega bo‘lmay, Shodlik mahallasidagi ko‘p qavatli uylar atrofida tunab yurgani aytiladi. Unga uy-joy olishda jamoatchilikdan yordam so‘raladi.

Qayd etish joizki, tuman hokimligi vaziyatdan xabardor. 

B.Murodov Qo‘ng‘irot mahallasida tug‘ilgan. Ota-onasining hovlisi mavjud. Lavha e'lon qilingach, oila yana bir bor o‘rganildi. Aniqlanishicha, xonadon 30 sotixni tashkil etadi. Murojaat muallifi yaqin yillargacha shu yerda yashagan, keyinchalik, noma'lum sababga ko‘ra chiqib ketgan.

Akasi A.Murodov bilan suhbatlashilganda ukasi uchun xona ajratib berishga roziligini, bu haqida uning o‘ziga ham bir necha bor aytganini bildirdi. Zero, ota hovlidan tashqari, aka-ukalarning o‘z uyi bor. Meros xonadonda faqat turmushdan ajrashgan singillari yashamoqda, 5-6 xona bo‘sh turibdi.

Yana bir akasi X.Murodov ukasi kelib yashashga rozi bo‘lsa, xonalardan birini ta'mirlab berishini ta'kidladi. Shuningdek, yaqinda ikki o‘g‘lini uylantirmoqchi ekani, agar rozi bo‘lsa, ukasining to‘yini ham qo‘shib o‘tkazishga, uylantirib qo‘yishga tayyorligini bildirdi.

Samarqand mahallasida yashovchi akasi I.Murodov ukasi bilan o‘rtalarida hech qanday ziddiyat bo‘lmagani, ota hovlisiga borib yashashiga qarshi emasligini aytdi. 

Yuqoridagi barcha holatlar yuzasidan B.Murodovga tushuntirish berilgan. U yaqinlari bilan yashamoqchi emasligi, uylanish istagi ham yo‘qligi, o‘ziga alohida uy zarurligini qat'iy ta'kidlab kelmoqda. 

Blogerlardan holatni yoritishda jamoatchilikni chalg‘itmay, xolislikka amal qilishlarini so‘raymiz.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM