30 ta taklif 3-bosqichga o‘tdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Joriy yilning 1 iyulidan 1 avgustiga qadar https://openbudget.uz/ rasmiy veb-saytiga tumanimiz fuqarolaridan 168 ta taklif kelib tushdi. Mahalliy budjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi tuman kengashi qaroriga asosan, ushbu takliflarni saralab olish uchun tuman ishchi guruhi tuzilgan.

O‘rganilgach, 7,956 mlrd so‘mlik 30 ta taklif 3-bosqichga munosib topildi. Ovoz berish jarayoni 13-avgustidan 2-sentabrga qadar o‘tkaziladi. Bunda fuqarolar o‘z takliflari g‘olib chiqishi uchun yaqinlari, hamkasblari, mahalladoshlari bilan birga ovoz berishlari mumkin.

Xalq deputatlari tuman kengashining qarori bilan eng ko‘p ovoz to‘plagan taklif g‘olib deb topiladi va ovozlar sonidan kelib chiqib yuqoridan pastga saralanadi.

Bunda “Fuqarolar tashabbusi” shaxsiy g‘azna hisob-varag‘ida shakllangan mablag‘lar loyiha uchun yo‘naltiriladi. Ayni kunda jamg‘armada 888,5 million so‘m mavjud.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun tel.: +998 (66) 475 16-16; +998 (93) 994 37-43

Muhammadjon SULAYMONOV,

tuman hokimligi moliya bo‘limi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM