Maktab ta'miri, ishga joylashish, stadion: boshqarma boshlig‘iga 42 ta murojaat tushdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Zebiniso Shodiyeva tumanimizdagi 7-umumta'lim maktabida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sohaga doir muammolarni o‘rganish, fuqarolar hamda xalq ta’limi xodimlarining bu boradagi takliflarini eshitish maqsadida tashkil etilgan tadbirda 16 ta murojaat tushdi. Shundan 10 tasi ta'lim muassasalarini ta'mirlash, jihozlash mavzuida bo‘ldi. 

Qayd etish joizki, tumanimizdagi 42 ta maktabda davlat dasturi asosida bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Fuqarolarga bu borada ma'lumot berildi.

Fuqarolarning ishga joylashish, ta'lim sifatini oshirishga doir murojaat va takliflari qo‘llab-quvvatlanib, ijobiy hal etildi.
 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM