Bank rahbarlari sessiyaga nega kelmadi?

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining o‘ttiz uchinchi sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish va ularni ro‘yxatdan chiqarish, sektorlar faoliyati, uyma-uy yurish orqali muammolarni aniqlash va hal etish, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, hududdagi aholi kayfiyati to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, sessiyada investisiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i A.Sa’dullayev, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i S.Shavmanov hamda Bosh vazirining tumandagi tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi mudiri Z.Xo‘jayev hisobot berdi.

Tumanga investisiya jalb qilish va eksport ko‘rsatkichlari mavzuidagi masala ayniqsa, munozaralarga boy o‘tdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning olti oyi davomida 95,8 milliard so‘mlik 38 ta loyiha ishga tushirilgan. Natijada, 289 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Mos ravishda 10 ta korxonaga 4,2 million AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya va xorijiy kredit mablag‘lari o‘zlashtirilgan. Bu borada yuqori natijalarga erishilayotgan bir paytda eksport prognoz rejasi bajarilishida qoloqlik kuzatilayotgani ta’kidlandi.

– Tumanda faoliyat yuritayotgan qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi 18 ta eksportiyor korxonadan 10 tasi mavsumiy ishlaydi, – dedi investisiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i A.Sa’dullayev. Sanoat mahsulotlarining eksportidagi qoloqlik esa asosan, o‘simlik yog‘ining narxida kelishuvga erishilmagani, un mahsulotlariga haridor topilishining murakkab kechgani hamda konserva mahsulotlariga talabning keskin tushgani bilan bog‘liq. Vaziyatni yaxshilash uchun aniq chora-tadbir ishlab chiqqanmiz. Sentyabr yakunigacha ko‘rsatkichlar yaxshilanadi.

Tumanda faoliyat yuritayotgan tijorat banki rahbarlarining hisoboti ham kun tartibiga kiritilgan edi. Ammo aksiyadorlik tijorat “Xalq banki”, “Agro bank” hamda “Milliy bank” tuman filiali rahbarlarining mas’uliyatsizligi sabab ushbu masala muhokamaga qo‘yilmay qoldi. Holat yuzasidan har uchala bank rahbariyatiga kengash taqdimnomasi kiritildi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM