Tumanimizdagi 40-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi elektron kundalik tartibini amaliyotga tatbiq etishda respublikaning eng yaxshi muassasalaridan biri sifatida e'tirof etildi.
Bu borada alohida fidoyiligi uchun maktab direktori o‘rinbosari Hamza Muhammadiyev Xalq ta'limi vazirining tashakkurnomasi va noutbuk bilan taqdirlandi.
Ustoz kundalik.com saytini jamoada targ‘ib qilish, undan faol foydalanilishini tashkil etishda tashabbus ko‘rsatib kelmoqda.