Nargiza hunarmand bo‘lmoqchi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Prezidentimiz 30-iyun kuni o‘tkazilgan “Yoshlar forumi”da bitiruvchilar maktabni tamomlayotganda bir necha hunar egasi bo‘lishi shart ekanini alohida ta’kidladilar. Shundan kelib chiqib, tumanimizda yuqori sinf o‘quvchilari hunarmandchilik maskanlari va ustaxonalar faoliyati bilan tanishtirilyapti.

Jumladan, 30- va 36-maktab o‘quvchilari Saroy mahallasida tashkil etilgan “Hunarmandlar markazi”ga sayohat qilishdi. Bunda dastlab oilaviy tadbirkor Zulfiya Mamadiyarova faoliyati taqdimot qilindi.

– Samarqand shahridagi tarixiy obidalar atrofida, Siyob bozorining hunarmandlar rastasida bu kabi qo‘g‘irchoqlarni uchratganmiz, – deydi 30-maktab o‘quvchisi Nargiza Ibragimova. – Ammo ushbu san’at asarlari o‘zimizning hunarmand opalarimiz tomonidan, Jomboyda tayyorlanishini bilmasdik. Qiziqib qoldim, Zulfiya opaga shogird tushmoqchiman.

Shuningdek, o‘quvchi yigitlar usta-hunarmand Isroil Mamadiyarov ish jarayoni bilan tanishishdi. Milliygimizni aks ettiruvchi beshik yasash bilan qariyib 40 yildan buyon shug‘ullanib kelayotgan otaxon yoshlarga hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Kelgusida 9-, 25-, 28-, 35-, 56-maktab o‘quvchilari ishtirokida milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.

Durdona HO‘JAYEVA,
30-maktabning ijodiy-madaniy masalalar targ‘ibotchisi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM