Bilimli bolaning onasi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Guliston mahallasida bir xonadon bor. Farzand tarbiyasiga jiddiy e’tibor qilgani sabab bugun el-yurt izzatida. 56-umumta’lim maktabini oltin medalga bitirib, 8 ta xorijiy oliygoh talabasi bo‘lishga ulgurgan o‘quvchining ota-onasini yo‘qlab bordik.

Darhaqiqat, farzand kamoli ota-onani yanada baland martabalarga ko‘taradi. Yuzlarida quvonch porlagan onani qutlar ekanman, avvalo shu o‘y o‘tdi ko‘nglimdan.

– Farzandlarimizga ilmning samarasini tushuntirib bera olishimiz kerak, – deydi u. – O‘g‘lim qo‘l telefonidan ham foydalanadi, futbolga ham boradi, kitob ham o‘qiydi. Ammo barchasi o‘z o‘rni bilan. Vaqtni to‘g‘ri taqsim qilish asosiy omildir. Va asosiysi, ustozlari unga munosib bilim bera olishdi. Ulardan minnatdorman.

Javohirning qalbi orzularga to‘la. Yurtga kerakli inson bo‘lishni, bir zalvoriga yelka tutishni istaydi. Ha, bugun mamlakatimizning ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar minglab Javohirlarning, minglab onalarning taqdirida o‘z aksini qoldiryapti.

Nodira BARATOVA,
tuman kengashidagi Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi rahbari.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM