Turkiyalik haydovchilarning ikki yuk mashinasi yonib ketdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Ma’lum bo'lishicha, 5 iyul kuni soat 1:35 da Samarqand mahallasi, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan avtoturagohda xorijlik T.K. boshqaruvida bo‘lgan "Volvo" yuk mashinasi to‘liq, S.K. boshqaruvidagi "Iveko" yuk mashinasi esa qisman yongan. Har ikki yuk mashinasi Qirg‘iziston davlat raqamiga ega, haydovchilar Turkiya fuqarolaridir.

Voqea joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 1:48 da yetib borib, yong‘in 2:05 da o‘rab olingan, 2:40 da o‘chirilgan.

Jarohat olganlar yo‘q. Yong‘inning sababi va zarari aniqlanmoqda.
 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM