Gulsara momo "Adolatli qaynona" bo'ldi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

"Adolatli qaynona" respublika ko'rik-tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi. Unda o'ttizga yaqin mahallalardan tashrif buyurgan onaxonlar o'z ibrat maktabi bilan jamoatchilikni tanishtirishdi. 

Ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan bir yil mobaynida viloyatimizda 34 mingdan ortiq ajrim holatlari kuzatilgan. O'rganilganda ularning aksariyati qaynona-kelin o'rtasida yuzaga kelgan arzimas tushunmovchilik sabab yuzaga kelgani aniqlangan. Tadbirdan ko'zlangan maqsad ham ana shu noxush holatga chek qo'yishdan iborat.

Ishtirokchilar "Adolatli qaynona", "Ibratli qaynona", "Tashabbuskor qaynona", "Zukko qaynona" nominatsiyalari bo'yicha taqdirlanishdi.
 
Faxrli o'rinlarni Shodlik, Alisher Navoiy, Saroy mahallasi vakillari egallashdi. G'oliblikni qo'lga kiritgan 73 yoshli Gulsara Zulfanova 10 nafar farzand tarbiya qilgan.

 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM