"Tahsin" laurеatlaridan biri jomboylik

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Toshkent shahrida "Tahsin – 2021" milliy mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ta’sis etilgan mukofotga vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan 28 ta nominasiya bo‘yicha 500 nafardan ortiq nomzod tavsiya etilgan.

Tadbirda Prezident Administrasiyasi va Vazirlar Mahkamasi mas’ullari, diplomatik korpus vakillari, jurnalist-blogerlar, ilm-fan, sport, xalqaro aloqalar, madaniyat, innovasiya, tibbiyot va boshqa sohalarda mamlakat rivojiga katta hissa qo‘shgan respublikaning eng yetakchi yoshlari qatnashdi.

E’tiborlisi, jurnalistika yo‘nalishi bo‘yicha milliy mukofotga jomboylik ijodkor, tumanimiz kengashi deputati Ilyos Safarov sazovor bo‘ldi. Hamkasbimizni kelgusi faoliyatiga omad va zafarlar tilaymiz.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM