"Ko‘ksaroy-2020", "Toshboyev Maqsud dalasi" hamda "Azizbek agro hosili" fermer xo‘jaligi mehnatkashlari g‘alla shartnomaviy rejasini birinchilardan bo‘lib bajarishdi.
Shu munosabat bilan ularga sektor rahbari hamda davlat xavfsizlik xizmati tuman bo‘linmasi boshlig‘i tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bo‘shagan maydonlar shu kunning o‘zida "Temir daftar", "Ayollar daftari", va "Yoshlar daftari"da turgan, ishsiz fuqarolarga ajratib berildi.