Jomboyda Bibixonim maktablari tashkil etiladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

7-umumtaa’lim maktabida tuman hokimligi, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tashabbusi bilan “Bibixonim maktablari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish mavzuida amaliy seminar o‘tkazildi.

Joriy yilning 26 fevral kuni Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida o‘smir qizlarni hayotga tayyorlash, ularda hayotiy qarorlar qabul qilish ko‘nikmasi hamda yetuklik sifatlarini shakllantirish, zamonavaiy kasb-hunar egallashga bo‘lgan intilishini rivojlantirish ustuvor vazifalar etib belgilangandi. Shu maqsadda xotin-qizlar jamoatchilik kengashi hamda fuqarolar yig‘inlari qoshida Bibixonim maktalari tashkil etilmoqda.

Bunda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, uning joylardagi ma’sul xodimlari, xalk ta’limi, o‘rta-maxsus, professional, oliy ta’lim muassasalarinng tajribali o‘qituvchilari, psixologlar hamkorligi muhimdir. E’tiborlisi, “Bibixonim maktablari”da Zulfiya nomidagi davlat mukofoti hamda “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘lgan xotin-qizlar, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy bilimga, obro‘-e’tiborga ega, fidoyi onaxonlar mashg‘ulot o‘tishadi.

Seminarda maxalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i Lola Mamarahimova, Bulung‘ur hamda Samarqand tumani hokimlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari qatnashishdi. 

Jomboy tuman hokimi maslahatchisi Hafiza O‘sarova so‘zga chiqib, Prezidentimizning 15-16 aprel kunlari viloyatimizga qilgan tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi. Viloyat faollari ishtirokida o‘tgan yig‘ilish bayonining 134-bandida soha mas’ullariga muhim vazifalar yuklatilganiga e’tibor qaratdi.

Viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i Lola Mamarahimova markazdan olis hududlarda yashovchi iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash, ularning ta’lim va kasbiy ko‘nikma olishiga ko‘maklashish, qobiliyatini to‘g‘ri yo‘naltirish buyicha Samarqand tajribasini yaratish yuzasidan takliflarini bildirdi.

Tadbirda tumanimizdagi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan jamoatchi va faol o‘quvchi-qizlar qatnashdi.

Seminar doirasida 7-umumtaa’lim maktabida tashkil etilgan “Lider qizlar” klubi faoliyati taqdimot qilindi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM