Yer ajratishning yangi tartibi joriy etiladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Davlat soliq inspeksiyasida joriy yilning 8 iyun kuni qabul qilingan “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda yer uchastkalari ajratishning yangi tartibi joriy etilayotgani, bunda adolatli, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan mexnaizm ishlab chiqilayotgani aytildi. Jomboy tumanlararo iqtisodiy sudi raisi N.Tursunova so‘zga chiqib, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar mulk va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizasiya qilinishi haqida fikr bildirdi. Farmonda belgilanganidan boshqacha tartibda yer ajratishning barcha turlari, imtiyoz va istisnolar 2021 yil 1 avgustdan to‘liq bekor qilinishini ta’kidladi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM