28 nafar jomboylik o‘quvchi maktabni medal bilan tamomladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

2020-2021 o‘quv yilida tumanimizdagi umumta’lim maktablarini 2159 nafar 11-sinf o‘quvchilari bitirishdi. Ular orasida iqtidori va iste’odi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan yigit-qizlar ham borligi quvonarlidir. Shunday o‘quvchilardan 28 nafariga oltin va kumush medallari topshirildi.

– Joriy o‘quv yili boshidan bor e’tiborimizni ta’lim samaradorligiga qaratgandik, – deydi tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Zarifa Yusupova. – Bitiruvchilar uchun qo‘shimcha mashg‘ulotlar, repetision testlar tashkil etildi. Albatta, ustozlarning sa’y-harakati izsiz ketmadi. Hali maktab attestatini qo‘liga olmay turib, 12 nafar jomboylik o‘quvchilar nufuzli xalqaro oliygohlarga o‘qishga kirishdi. Shuningdek, 21 nafari oltin, 7 nafari kumush medalga sazovor bo‘ldi. Hali oldindan asosiy sinov – qabul imtihonlari turibdi. Ishonamizki, o‘quvchilarimiz yuqori natijadar bilan ustozlar yuzini yorug‘ qilishadi.

Medallar tuman hokimi Qayum Sobirov hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ozod Jangirov ishtirokida topshirildi. Shuningdek, bilimli, intiluvchan farzand tarbiya qilgani uchun o‘ttiz nafarga yaqin ota-onalarga tuman hokimi tashakkurnomasi topshirildi.

Ma’lumot uchun 2019-2020 o‘quv yilida jomboylik bitiruvchilarning 21 nafari oltin medal olgandi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM