Gʻalaba va mag‘lubiyat tuyg‘usi. Jurnalist va blogerlar o‘rtasidagi “Zakovat” turniridan reportaj
Mon, 20/06/2022 - 10:07Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni arafasida “Zakovat” intellektural turniri o‘tkazildi. Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tashabbusi bilan tashkil etilgan yirik musobaqa Toshkent shahrida jurnalist va bolgerlardan iborat 59 ta jamoa o‘rtasida kechdi. Jumladan, tumanimizning “Jomboy tongi” gazetasi tahririyati xodimlari viloyatimiz sharafini munosib himoya qilishdi.