Suv taqchil, ammo yechim bor
Mon, 05/07/2021 - 10:23No‘sh mahallasi tumanimizning olis hududlaridan sanaladi. Vegetasiya mavsumida ekin maydonlarini sug‘orish soha xodimlaridan katta mashaqqat talab qilishi sir emas. Suv taqchilligi kuzatilayotgan bugungi kunda ishbilarmon fermer xo‘jaliklari tejamkor uskunalardan foydalanishni ma’qul ko‘rishyapti.