Xalq qabulxonasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Unda mutasaddilar jismoniy va yuridik shaxslarning turli mavzularga oid 20 dan ortiq murojaatlarini tinglashdi.
Dastlab oldingi qabulda ko‘tarilgan muammolar, bildirilgan takliflar ijrosi tahlil qilindi. Bu haqda aholiga tushuntirish berildi.
Shundan so‘ng joriy murojaatlar mas’ullar ishtirokida o‘rganildi, zaruriy vazifalar va aniq muddatlar belgilab olindi.