Xalq deputatlari tuman kengashining yetmishinchi sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan 4-sektor rahbari Baxtiyor Baratov hisobot berdi.
Qayd etilishicha, Qoramo‘yin mahallasini “Obod qishloq” dasturi doirasida obodonlashtirish ishlari yakuniga yetmoqda.
Dastur asosida 268,3 million so‘mlik beton, 1 milliard 945 million so‘mlik asfalt yo‘llar barpo etilib, foydalanishga topshirilgan. Shuningdek, 3,5 kilometr ichki tuproq ko‘chalar shag‘allashtirilgan. 48-umumta’lim maktabi 200 million so‘m evaziga joriy ta’mirlangan.
– Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida 2,8 kilometr tarmoq toritish rejalashtirilgan, – dedi B.Baratov. Bugungi kungacha 1,7 kilometri tortilib, qolgan ishlar ham davom etyapti. Bundan tashqari 90 ta beton ustun va 1 ta transformator o‘rnatildi.
Sessiyada o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatida uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Keksa avlod vakillarini har tamonlama qo‘llab-quvvvatlash, ularning jamiyat, oila va mahalladagi o‘rnini mustahkamlash yuzasidan tashabbus va jamoatchilik takliflari muhokama etildi.
Kun tartibiga 10-, 34-, 55-umumta’lim maktabi direktorligiga nomzodlarni saralash va tasdiqlash masalasi ham kiritilgandi. Nomzodlarning 3 yillik faoliyat dasturi taqdimotidan so‘ng 10-maktab direktorligiga Baxtiyor Nurnazarov, 34-maktab direktorligiga Zohid Mamadiyorov tasdiqlandi. 55-umumta’lim maktabi uchun munosib nomzod aniqlanmagani sababli ushbu mavzu muhokamadan chiqarildi.