Yurt kelajagi iqtidorli avlod qo‘lida
Har bir xalqning ertangi kuni, taraqqiyoti va yuksalishi –bugungi yoshlariga bog‘liq. Zero, kelajak egalari boʻlmish yosh avlod qanchalik bilimli, iqtidorli va vatanparvar boʻlsa, mamlakat ravnaqi ham shuncha porloq boʻladi. Shu bois yurtimizda yoshlarga boʻlgan e’tibor davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
Prezidentimiz tomonidan 2025-yil 20-may kuni imzolangan farmon ayni shu ezgu maqsad yo‘lida navbatdagi qadam bo‘ldi. Hujjat iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni qoʻllab-quvvatlash va salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarish uchun sharoit yaratishda qo‘l keladi. Qayd etish joizki, “Yoshlar daftari”, “Yoshlar akademiyasi”, “Iqtidorli yoshlar” dasturlari, shuningdek, tanlov, grant va stipendiyalar mazkur farmongacha yoshlar siyosatining asosiy yo‘nalishlari edi. Yangi huquqiy hujjat yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlashning aniq yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Temur Ro‘ziyev,
tuman kengashi deputati.