Sessiyada “Tashabbusli budjet” masalasi ko‘rildi
Хalq deputatlari tuman kengashining 99-sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda “Hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosining 1-sektor hududida bajarilshi holati muhokama etildi.
Qayd etilishicha o‘tgan yili hududda istiqomat qiluvchi 145 ta og‘ir ijtimoiy vaziyatdagi oilalar “Temir daftar”ga kiritilgan. Shundan 130 tasi daromad manbaiga ega bo‘lgach ro‘yxatdan chiqarilgan.
“Yoshlar daftari”ni shakllantirish borasida esa 14 ming 404 nafar 14-30 yoshli yigit-qizlar xatlovdan o‘tkazilgan. Ularning 638 nafari daftarga kiritilgan. Yil davomida 336 nafar yoshlar doimiy ishlarga joylashtirilib, 18 nafariga dehqonchilik uchun 10 yil muddatga yer ajratilgan. Shuningdek, 13 nafariga 307 million so‘mlik imtiyozli kredit, 1 nafariga ijara xarajatlari uchun 9 million so‘m mablag‘ ajratilgan, 6 nafariga fuqarolik pasporti olish badali hamda 32 nafariga 126 million so‘mlik asbob-uskunalar berilgan.
“Ayollar daftari”ning 4-bosqichiga 1493 nafar xotin-qizlar kiritilib, 1450 nafariga (98,6 foiz) ijtimoiy-iqtisodiy yordamlar ko‘rsatilgan.
Tadbirda mahalliy budjet ijrosi hamda “Tashabbusli budjet” jarayonini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar sarfi yuzasidan iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Bektosh Salomov hisobot berdi. Ta’kidlanishicha, 2023-yil 1-mavsumida o‘tkazilgan tashabbusli byudjet jarayonida qiymati 13 milliard 866 million so‘mlik 13 ta loyiha g‘olib deb topilgan. Ovozlar umumiy soni 52 ming 962 tani tashkil qiladi. 2-mavsumda esa 4 milliard 655 million so‘mlik 4 ta loyiha 19 ming 249 ta ovoz bilan g‘lob bo‘lgan.
Sessiyada aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yaqinlashtirish va fuqarolarni sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlash, shu orqali kasalliklarni erta bosqichda aniqlash yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan olib borilayotgan ishlar sarhisob qilindi.