Yoshlar murojaati ijobiy yechim topmoqda
Yoshlar muammosini aniqlash va ijobiy hal etish bugungi kun rahbarlarining ustuvor vazifasidir. Murojaatlar ijrosini ta’minlashda ham ushbu jihatga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Qayd etish joizki, 2024-yil 5-aprelda qabul qilingan “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga asosan muayyan hududlar auksion savdolariga chiqarilgan. Dehqonchilikka rag‘bati bor yigit-qizlar ushbu imkoniyatdan unumli foydalanmoqda. Jarayonda texnik muammo va tushunmovchilikka duch kelgan yoshlarga esa huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Shunday murojaatlardan biri tuman hokimligiga Sherqo‘rg‘on mahallasida yashovchi Sunnat Iskandarov kelib tushgan. Muammo hudud mas’ullari, fermer xo‘jaligi vakili va hokimlik mutasaddilari ishtirokida o‘rganilib, ijobiy hal etildi. Auksionda yutib olingan maydon joyiga chiqqan holda o‘lchab berildi.